Kompyuter tarmoqlari va aloqa kanallari

Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo‘ladi.
Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog‘liq.

Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig‘indisi tushuniladi.

 

Tarmoqda kompyuterlarni ulash usullari:
a) shinali ulanish;

b) aylanma ulanish;

v) yulduzsimon ulanish.


Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlar soniga qarab tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo‘linadi.
Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o‘zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni birgaliqda qayta ishlash va ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Shuninguchun, bittadan ko‘p kompyuterga ega bo‘lgan firmalar o‘z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo‘lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo‘lini aniqlash jarayonidir.
Selekciyalash — tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.

Lokal tarmoqlar axborotni marshruglash va selekciyalash usuli bo‘yicha ikki sinfga ajratiladi.


Lokal tarmoklar selekciyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta’minlaydi.

Ishchi tizimlar katta mikdordagi ma’lumotni saklash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma’muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikacion tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog‘lanishlarni kommutaciya qilish vazifasini bajaradi.

Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o‘zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli serverlar mavjud bo‘ladi va bunday serverlar o‘rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sunhiy yo‘ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‘zida birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Intenet) deb ham yuritiladi.

Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi.
Intranet— bu internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo‘lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog‘idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farklanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo‘ladi.
Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo‘lib, uning foydalanuvchisi bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha elektron hujjatlar va ma’lumotlar omborini giperbog‘lanishlar yordamida o‘zaro bog‘lab yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo‘ladi.

Tarmoqlarning texnik vositalari
Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter), koncentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har bir qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o‘tamiz.
Server — tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma’lumotlar omborlari va boshqalar saqlanadi. Bundan tashqari serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma’lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo‘yilishiga ko‘ra cheklangan bo‘lishi mumkin.
Koncentrator (RShV)—tarmoqda kompyuterlarni o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma (18-rasm). Ular 8, 12, 16 ta kompyuterni o‘zaro bog‘lashi mumkin.
Axborotni uzatish kabellari tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishlatiladi).
Modem —axborotii kompyuterdan uzatish kabeliga o‘tkazuvchi maxsus elektron qurilma.
Modem «modulyator» va «demodulyator» so‘zlari birikmasidan hosil bo‘lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko‘rinishdan analog ko‘rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko‘rinishidan raqamli ko‘rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyuterda «0» va «1» ko‘rinishida tasvirlangan ma’lumotni ikki asosiy chastotalik telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida kodlangan axborot ko‘rinishiga o‘tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy xarakteristikasi bodlarda o‘lchanadigan ma’lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin.
Kompg‘goterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operacion tizim o‘rnatilishi kerak. Bunday operacion tizimlar ikki turga bo‘linadi. Masalan, Windows for Workdows 95, Windows – 1 Workstation operacion tizimi serversiz tarmoqdarni tashkil etish imkoniga ega bo‘lgan operacion tizimlar hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi kompyuterlar teng huqukli hisoblanadi. Ikkinchi turdagi operacion tizimlarda tarmoqni hosil qilish uchun maxsus kompyuter — server ajratiladi. Ularga Novell Net Ware NT Server va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunday operacion tizim kompyuter ishini ishonchli va samarali qilib amalga oshiradi.


Lokal, mintaqaviy va global tarmoqlar haqida 
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshka kompyuterlar bilan umumiy ulanish kerak bo'ladi.
Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq.
Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshka axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Jamiyatning hozirgi bosqichda axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmog'isiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Kompyuter tarmog'i - bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog'langan kompyuter va terminallar majmuidir.
Tarmoq axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob'ektlar tarmoq ob'ektlari deyiladi. Tarmoq ob'ektlari alohida kompyuter, kompyuter kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo'lishi mumkin. Axborotni territorial joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini 3 ta asosiy sinfga ajratish mumkin:
1. Global tarmoqlar.
2. Regional (mintaqaviy) tarmoqlar.
3. Lokal (mahalliy) tarmoqlar.

Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli qit'alarda joylashgan obonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror bir mintaqaga tegishli obonentlarni birlashtiradi. Misol: biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan obonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal tarmoq kichik bir hududda joylashgan obonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog'langan bo'ladi. Misol: biror korxona yoki tashkilotga mahallliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash mumkin.
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim buladi.
Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash jarayonidir.
Selektsiyalash - tegishli manzildagi axboroni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va selektsiyalash usuli buyicha ikki sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoqlar selektsiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshka tizimga uzatishni ta'minlaydi.
Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat kiladi.
Ma'muriyat tizimlari—tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasidagi axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya kilish vazifasini bajaradi.
Global, mintaqaviy va lokal tarmoqlarning birlashmasi ko'p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Misol: INTERNET kompyuter tarmoqlari keng tarqalgan ommaviylashgan kompyuter tarmog'idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoq kiradi. Uning nomini o'zi "tarmoqlar orasida" ma'nosini bildiradi. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Internetning asosiy yacheykasini maxalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.


Muallif: Rustam Mamajonov
Sana: 25.11.2011, 22:05
Klass! Íðàâèòñÿ





IT va Kommunikatsiya