Jamiyat va inson falsafasi

Reja:
1.      Jamiyat tushunchasi, uning falsafiy tahlili.
2.      Jamiyat taraqqiyoti haqidagi turli nazariyalar.
3.      Inson tushunchasi va uning mohiyati.
4.      Inson - ijtimoiy munosabatlar tizimida.

Jamiyat nima? Insoniyat azal-azaldan jamoa bo'lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma'noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o'tgan hamma davri, joy va hududi bilan bobliq barcha o'zgarish va jarayonlarni ifoda etadi.

Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, sivilizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo'llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo'lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a'zosi deb ataladi.

Jamiyat tabiatning bir qismi, ya'ni ijtimoiy borliq bo'lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o'rtasida amal qiladigan juda ko'plab munosabatlar yibindisi, degan turlicha ta'riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo'ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi.

Jamiyat moddiy va ma'naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma'naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko'proq e'tibor berilar. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bobliq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo'lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma'naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo'yish mantiqqa ziddir. Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma'naviy manfaatlarini uybunlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani ta'kidlangan. Inson ma'naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy boya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta e'tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo'lgani uchun ilmsiz bo'lmaydi, balki, aksincha ilmsiz bo'lgani uchun qashshoq bo'ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq ma'naviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta'minlashga katta e'tibor berilyapti.

Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo'lib, jamoa bo'lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulub mutafakkirlar e'tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish uni ilohiy kuch, xudo bilan boblab izohlashdir.

Dunyoviy qarashlarga ko'ra, odamlar o'zlarining moddiy va ma'naviy extiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo'lib birlashishga ko'nikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo'lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o'zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma'naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan.

Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o'rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so'z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta'lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o'z mohiyatini yo'qotadi.

Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o'zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma'naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o'zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san'at, boya, mafkura go'zallik bilan, ma'naviy kamolot yo'lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirilishida yaqqol namoyon bo'ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma'naviy olamni uybunlashtirishga, tabiat va jamiyatni o'z maqsadlariga mos ravishda o'zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va texnika insonning ma'naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma'naviyat tufayligina o'z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to'laroq qoldirish imkoniga ega bo'ladi.

Mamlakatimizda ma'naviyat masalalariga alohida e'tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma'naviy hayoti kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari bilan uzviy bobliq holda vujudga keldi.

Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi:

- kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo'lgan iqtisodiy shart-sharoitlar;

- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilbi, kommunikatsiya vositalari;

- moddiy ne'matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish;

- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui;

- moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.

Jamiyatning ma'naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to'brisidagi qarashlar, nazariyalar, ta'limotlar, boyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta'lim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.

Jamiyatning moddiy va ma'naviy hayotini boshqarish, kishilar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o'rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o'zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatning kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shubullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o'ziga xos o'rin egalaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan hissa qo'shadi.

Jamiyat taraqqiyoti to'brisidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Hegel jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbax din bilan boblagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma'naviy taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o'zgarishlar bilan boblagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun'iy ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir yoqlama va xato ekanini ko'rsatdi.

Jamiyat taraqqiyoti ko'p bosqichli jarayon ekani to'brisidagi qarashlar AQSH faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko'ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizatsiyali yondashuv boyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko'ra har bir xalq o'zining betakror, noyob, o'ziga xos va o'ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o'ziga xos modelini yaratadi.

Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo'lgani kabi, jamiyat ham o'z oldiga qo'ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi.

Barqarorlik - jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko'rsatish imkoniyatidir. U turbunlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turbunlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy tizimning tanazzuli alomatidir.

Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma'naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ruyobga chiqarilib bo'lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti yo'lida yangi muammolar tubiladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo'ladi. Jamiyat a'zolarining ma'naviy salohiyati, milliy psixologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy tuzum kishilarni boshqarishning o'ziga xos usullarini hayotga tadbiq etadi. Insoniyat hayoti tarixida jamiyat barqarorligini ta'minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan o'tgan.

Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o'tish davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o'zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo'qolishida, boya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo'lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o'z ifodasini topadi.

Jahon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o'z taraqqiyot yo'lini tanlash huquqiga ega bo'lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash garovi ekanini ko'rsatdi. O'zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keyin o'z milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, o'ziga xos va mos taraqqiyot yo'lini tanlash, rivojlanishning o'zbek modelini yaratish imkoniga ega bo'ldi.

Taraqqiyotning o'zbek modeli - jamiyatning tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi sifatida. Ijtimoiy rivojlanishning o'zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilbor tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi.

Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo'ldan inqilobiy va tadrijiy yo'ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o'zgarishlar yo'li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evalyutsion) taraqqiyoti barqaror tabiiy rivojlanish yo'li ekanini ko'rsatdi. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo'li mohiyatini shunday izohlaydi: Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, evalyutsion yo'l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o'tish tanlab olingan yo'lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy o'zgarishlar yo'li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchilik bilan bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilishi lozim bo'lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo'lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bobliqdir .

O'zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir:

- iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;

- davlatning bosh islohotchi ekanligi;

- qonun ustuvorligi;

- kuchli ijtimoiy himoyalash;

- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo'l bilan o'tish.

O'zbek modelining o'ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, o'zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o'z ifodasini topmoqda.

O'zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tamonidan e'tirof qilindi. O'zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo'lib xizmat qilmoqda va uni o'rganishga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. O'zbekona taraqqiyot yo'li ma'naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bobliqlikda amalga oshirishda, ma'naviyat, ma'rifat, madaniyatga bo'lgan e'tiborning kuchayishida yaqqol ko'zga tashlanadi. Ma'naviy salohiyatning kuchayishi, inson intelektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamiyat va oila. Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bobliq. Oilada jamiyatning tub mohiyati o'z aksini topadi. Shu ma'noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a'zosi oila babrida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o'zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o'z himoyasiga oladi.

Jamiyatdagi ma'naviy-axloqiy muhitning soblomligi ko'p jihatdan oilaviy madaniyatga bobliq. Oila qanday bo'lsa, jamiyat ham shunday bo'ladi. Oilada er va xotining mavqei, oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma'naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, oila qadriyatlarini, eng ilbor an'analarni tiklashga qaratilgandir. Ona va ayol muqaddasligi o'zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona va ayolning muqaddasligi to'brisidagi boyalar oilaviy munosabatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Ulub mutafakkirlar jamiyatning madaniy darajasi ayolning jamiyat va oiladagi ahvoli, mavqei bilan belgilanishini alohida ta'kidlaganlar. Soblom, barkamol avlod tarbiyasi ko'p jihatdan ayolning ma'naviy salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga bobliqdir. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi mavqei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir.

Oila muammolarini ilmiy asosda o'rganilganligi va ularni oqilona hal etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan respublika Oila ilmiy-amaliy markazining tashkil etilganligi ham davlatimizning oilaviy munosabatlarini takomillashtirishga alohida e'tibor berayotganidan dalolat beradi.

Mustaqillik yillarida o'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, tilimiz xususiyatlariga mos bo'lgan yangi alifboga o'tish uning mavqeini oshirish va yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa, o'z navbatida, ijtimoiy rivojlanishga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Davlatning jamiyat hayotidagi o'rni va ahamiyati. Davlat - jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma'naviy taraqqiyotining muhim yutubidir.

Jamiyat ma'naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham takomillashib boradi.O'zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an'analarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi.

Prezident I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o'zbek modeli konsepsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o'rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy, huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar siyosiy boshqaruvni yanada takomillashtirishga, yurtimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o'tishga qaratilgandir.

Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko'rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jambarmalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, mahalla qo'mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.

Fuqarolik jamiyatini barpo etish O'zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Fuqarolik jamiyati kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko'pqirrali aloqasi bo'lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o'zaro kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.

Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o'ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O'zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi.

Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlari qo'liga o'ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o'z-o'zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarini kamol toptirish, o'z-o'zini boshqarish, demokratik qadriyatlarni ro'yobga chiqarish maktabidir.

Yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi. O'z navbatida, ma'naviy yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shadi. Shunday yetuk kishilarni tarbiyalashda jamiyat to'brisidagi falsafiy bilim va qarashlarni o'zlashtirish va hayotga tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir.

Inson falsafaning bosh mavzusi. Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o'rni falsafiy muammolar tizimida muhim o'rin tutadi. Turli falsafiy ta'limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo'lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o'zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro'yobga chiqarishga intilaveradi.

Suqrotning O'zligingni bil degan hikmatli so'zi har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulub mutasavvuf Abdulxoliq Fijduvoniy insonni kichik olam deb hisoblagan. Falsafada baxs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. Umuman olganda, insonga daxldor bo'lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning obirini yengil qilmasa, unday fanning keragi bormikanb Shu ma'noda, inson, avvallo, o'zi uchun zarur bo'lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan.

Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo'lish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bobliqdir.

Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o'rganadi. Inson shunday murakkab va ko'p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma'nodosh bo'lsa ham, bir-biridan farqlanadi.

Inson o'zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos.

Inson boshqa mavjudotlardan sotsial xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste'mol qilish, boshqarish, o'z-o'zini idora etish, badiiy ijod, axloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruxsat va ta'qiqlash) shular jumlasidandir.

Insonning psixik xususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, bam-tashvish, qaybu, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi.

Inson shu xususiyatlari orqali yaxlit bir tizimni tashkil etadi. U yaxlit mavjudot sifatida o'z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini ta'minlaydi. Insonga xos bo'lgan biologik xususiyatlarni ijtimoiy xususiyatlardan ustun qo'yish yoki psixologik xususiyatlarni bo'rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka olib keladi.

Falsafa tarixida inson to'brisidagi ta'limotlarda biologizm, sotsiologizm, psixologizm kabi yo'nalishlar vujudga kelgan. Biologizm insonning tabiiy-biologik xususiyatlariga, sotsiologizm insonning ijtimoiy xususiyatlariga, psixologizm esa, ma'naviy, ruhiy, psixologik xususiyatlariga bir yoqlama yondashishga asoslangan edi.

Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil qilishda shaxs, individ, individuallik tushunchalarining mohiyatini bilish va ularni bir biridan farqlash muhimdir. Shaxs o'zida sotsial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. Kishilar shaxs bo'lib tubilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bo'lib shakllanadi va rivojlanadi. Chunki insonga xos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo'l bilan o'tmaydi. Inson dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy axborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo'ladi.

Inson ta'lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me'yorlar, siyosiy boya, milliy mafkura kabi omillar ta'sirida yashaydi, ularni o'zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya'ni shaxs bo'lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo'ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko'rsata boshlaydi.

O'z-o'zini nazorat qilish, o'z-o'zini tarbiyalash, yuksak mas'uliyatni his etish, boya uchun kurashish, mustahkam e'tiqodga ega bo'lish, o'z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shaxsga xos belgilardir. Shaxsning maqsad, boya va ideallari jamiyatdagi mavjud boya va mafkura bilan uzviy bobliq ravishda shakllanadi. Milliy boya va mafkurani amalga oshirish, ezgu ideallar yo'lida hatto hayotini qurbon qilish shaxs hayotining bosh maqsadiga aylanadi.

Shaxs mustahkam iymon-e'tiqod, boya va insoniy fazilatlarga ega bo'lgan, Vatan, millat tuybusi bilan yashaydigan, o'zida davr xususiyatlarini ifoda etadigan insondir.

Jamiyat o'z taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muammolarni hal etish uchun shaxsning muayyan tarixiy namunalarini yaratadi. Har bir o'zgargan tarixiy sharoitda shaxs mohiyatini va mazmunini yangicha tushunish zaruriyati vujudga keladi. Bugungi adabiyotlarda harizmatik, shuhratparastlik, tajovuzkorlik va boshqa shakldagi shaxslar timsoli aks ettirilmoqda.

O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish sharoitida fozil va barkamol inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo'lib qoldi. Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o'z oldiga ana shunday shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo'ydi.

Inson tarixning yaratuvchisi sifatida tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni ta'minlaydi. U o'z bilimi, tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi; tabiat va jamiyatni qayta quradi va takomillashtiradi. Inson o'z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi, o'z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun manba bo'lib xizmat qiladi.

Tabiat va jamiyatdagi o'rni va ahamiyati, yaratuvchilik mohiyati, oliy mavjudot ekani, vorislikning davomiyligini ta'minlashi barcha ijobiy va foydali yutuqlarni saqlashi va tarbib etishi kabi xususiyati va qobiliyati tufayli inson muqaddas va tabarruk qadriyat hisoblanadi.

Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo'lishi va rivojlanishini ruh bilan boblaydi. Ayrim tadqiqotchilar insonga xos bo'lgan biror-bir xususiyatga alohida urbu bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan. Masalan, I. Kant insondagi axloqiy jihatlarga ko'proq e'tibor bergan va uni ezgulikni yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta'riflagan. Vladimir Solovev insonning boshqa mavjudotlardan farqini uyalish, achinish va oliy kuchlarga sibinish kabi xususiyatlarda, deb bilgan. Uning fikricha, inson o'zining tuban mayllari va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish va muqaddas kuchlarga sibinish insongagina xos.

Inson tabiati boyat murakkab. Unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy ruh va ma'naviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko'taradi.

Insonni o'rganadigan fan antropologiya deb yuritiladi.

Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o'rnini, o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish bilan shubullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to'laroq ochish uchun men, ong, shaxs, ruh tushunchalari qo'llanadi. Men insonning o'zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. Men ong tufayligina o'zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo'lib tuyuladi. Shaxs insonning mustaqilligini ifoda etadi.

Inson o'z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlibining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma'nosi faqat moddiy ne'matlardan bahramand bo'lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo'yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o'ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma'rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, olihimmatlik, vatanparvarlik kabi ma'naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma'naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e'tiqodini mustahkamlaydi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma'naviy-ruhiy jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir.

Insonning ma'naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, yetilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini to'bri tushunishga xalaqit berishi mumkin.

Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy boya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma'naviylikni uybunlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo'lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo'lishga rabbatlantiradi. Yuksak ma'naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o'rnatib, saxiy va olihimmat bo'lishga undaydi.

Antropologiya insonning ma'naviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan boyani ilgari suradi. Islom Karimov ta'rifiga ko'ra, ma'naviyat (ruh) insonni axloqan poklaydigan, iymon-e'tiqodini mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak ma'naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari yetuk shaxslar timsolida o'z aksini topadi. Insonga xos bo'lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o'rnida, uning o'z moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishida, muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko'rinadi.

Shaxsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, boya va mafkura muhim o'rin tutadi. Bozor munosabatlariga o'tish davrida vujudga kelgan muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga yetkazishni taqozo etdi. Unga xos fazilat va sifatlar Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan.

Bozor iqtisodiyoti inson ehtiyojlarini to'laroq qondirish, uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular quyidagilardir:

- mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o'zgarganligi;

- mehnatga yangicha munosabatni rabbatlantirishga yordam beruvchi omillar;

- o'z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo'lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining yaratilganligi;

- shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo'llab-quvvatlanishi;

- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi;

- shaxs erki va huquqlarining kengayganligi;

- davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi;

- demokratik qadriyatlar rivoji;

- ma'naviy meros va madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining yaratilganligi kabilardir.

Ular shaxsning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishda, uning komil inson sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari ro'yobga chiqishini ta'minlashga, uning barkamol sifatlar kasb etishiga qaratilgandir. Shaxs islohot natijalaridan bahramand bo'luvchigina emas, balki ularni sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham yangilanish jarayonida o'zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e'zozlanadi.

Insonning jamiyatidagi o'rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o'z oldiga quydagilarni maqsad va vazifa qilib qo'yadi:

- insonning qadr-qimmatini joyiga qo'yish;

- inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish;

- insonning o'zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, soblom avlodlar uzluksizligini ta'minlashi, kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar qoldirishi va iymon-e'tiqodi butun bo'lishi uchun qulay sharoitlar yaratish.

Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga xalaqit beradigan nuqsonlar ham inson tabiati bilan bobliqdir. Hozirga qadar inson to'brisidagi falsafiy ta'limot va qarashlarda, asosan, uning ijobiy xususiyatlariga, yaratuvchanligiga ko'proq e'tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borlibining salbiy jihatlari ham tahlil qilina boshlandi.

Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o'rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga keldi. Shuni ta'kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me'yorlarni poymol etib, ko'proq barazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo'lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan davlat dasturlarini amalga oshirishga to'sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, ma'naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo'lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga yetkazishga qarshilik ko'rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korrupsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraxo'r, terrorchi va shuhratparastlar kabi jamiyat uchun noxush odamlardir.

Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini e'tiborga olish muhimdir. Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta'minlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'yar ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida e'tibor beradi.

Shaxs erkinligi va tarixiy zarurat bir-biri bilan uzviy bobliq tushunchalardir. Mamlakatimizning taraqqiyot yo'lida paydo bo'lgan qiyinchilik va muammolar mohiyatini anglash shaxsni o'z bilimi va mahoratini oshirishga, yuksak boyalarga sodiq bo'lib yashash va ularni jadal amalga oshirishga undaydi.

Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida inson qobiliyatlari to'laroq namoyon bo'ladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qashshoq guruhlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim xususiyati aholining muayyan qismining ijtimoiy himoyalanishida, ko'p bolali oilalar, nafaqaxo'rlar, talabalar va nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy adolatning qaror topishida yaqqol namoyon bo'lyapti. Kishilarning boqimandalik kayfiyati, tafakkur turbunligidan ozod bo'lishlari, o'zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o'z bilimi va mahoratini oshirishlari uchun bamxo'rlik qilish iqtisodiy islohotlarning insonparvarlik yo'nalishga ega ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlariga o'tish sharoitida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyili Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o'zbek modelining muhim jihatlaridan biridir.

Inson mohiyatini falsafiy bilish ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Inson falsafasi har bir yangi tarixiy davrda inson mohiyati, uning jamiyatda tutgan o'rni va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Insonga xos xususiyat va fazilatlarni bilish orqali talaba o'zida shunday sifatlarni shakllantirishga intiladi.

Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o'rganish va umuman, ta'lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va yuksak insoniy fazilatlarni egallash orqali O'zbekistonda ozod va obod jamiyat qurish vazifalari uybunligini ta'minlashga erishish butun ta'lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni va uning oldida turgan muhim vazifadir.


Muallif Admin
Klass!