Kushon podsholigi O'rta Osiyoda davlatchilikni rivojlanishida yangi bosqich ekani. Eftalitlar davlati va Turk hoqonligi.

Kushon podsholigi (eramizning I-IV asrlari).
Bu podsholikning nomi Grek- Baqtriya davlati tugatilgandan keyin  Baqtriyaga kirib kelgan Toharlarning 5ta  urug'idan bittasining nomidan kelib  chiqqan. Xitoy manbalariga  ko'ra Toharlar (yuechji) 5ta  hukmron oilaga bo'linishar edi.

1)xyumi,
2)shuanmi,
3)guypjan   yoki Kushon,
4)hise,
5)dumi.

Anashu 5 oilaning, ya'ni Guyshuan oilasining  hukmdori Kiotszyukyu   o'zaro urushlarda qolgan turtta oilani ustidan g'olib chiqib,   o'zini Guyshuan  hukmdori deb e'lon  qiladi. Xitoy manbalarida yozilishicha bu  o'sha Kushon podshosi Kudjula Kadfiz edi. Kudjula Kadfiz Kushon podsholigining asochisi hisoblanadi. Bu podsholik eramizning 29 yilida vujudga kelib, eraning IV asrini oxirgi choragiga  qadar yashagan.
Kudjula Kadfiz ya'ni Kadfiz I Kushon  hududlarini ancha kengaytirdi. Uning  hududlari  Baqtriyadan chiqib, atrofdagi bir qancha  xalqlarni  hududlarini    o'ziga qaratgan. U butun Aftoniston va shimoliy   Hindistonni bosib olgan va davlatiga    qo'shib olgan. Bu podsholikning markazi Dalvarzintepa  bo'lgan (Surxondaryo viloyati). Uning davrida kumush tangalar (uning rasmi tushirilgan) zarb etilib, muomalaga kiritilgan.
Vilga Kadfiz   yoki Kadfiz II davrida podsholikning  hududi yana kengaytirildi. (Butun shimoliy   Hindiston    qo'shib olindi). Kadfiz II pul  islohotini o'tkazdi. Oltin tangalarni muomalaga kiritdi. Ikki yoqlama dinorlar, dinorlar, yarim dinorlar, chorak dinorlar. (Dinorning  og'irligi 8 grammga  yaqin) . Pul  islohotini  o'tkazishga, tillodan tangadarni zarb etishga dunyo mamlakatlari bilan savdo  qilish zarurati majbur etgan   bo'lishi mumkin.
Bu davlatni  boshqarilishi  haqdda ma'lumotlar kam, Biroq  alohida viloyatlar, satraplar  orqali  boshqarilgani ma'lum. Kushon podsholari ichida Kanishka I (78-123 yillar) eng nomdor  hukmron  bo'lgan. Uning davrida podsholik gullab yashnagan.  hududlarini shimoliy   Hindistonning Panjob, Kashmir, Sing, Utta-Paradesh kabi yerlari hisobiga yana kengaygan. Kanishka mamlakat poytaxtini  Baqtriyadan Pur o'shapura (xozirgi Peshovar) shahriga ko'chiradi. Bu davlat  hududlariga  Afg'onistondan  tashqari  O'rta Osiyoning   qator viloyatlari,  Sharqiy Turkistonning katta  qismi kirgan. Farsona yerlari ham bu davlatning  hududiga kirgan. Xorazmni bu davlat tarkibiga kirgan-kirmaganligi   haqida  aniq ma'lumotlar  yo'q.
Bu podsholik davrida ma'naviy madaniyat yuksaladi. Podsholikda buddizm diniga e'tiqod kuchli  bo'lgan,  hatto podshoning   o'zi ham unga sig'ingan.  Baqtriya tilining  ahamiyati ortadi. Bu podsholikda hunarmandchilik, savdo-sotiq o'ta rivojlangan   bo'ladi.
Kushon Vasudev podsholik  qilgan davrdan boshlab  inqirozga uchray boshladi. Bunga Parfiya davlati   har obalari  o'rnida Eronda kad kutargan Sosoniylar podsholigining va Eftalitdarning zarbasi sabab   bo'ldi (4 asrning 70-80 yillari).
Kushon davrida ham  O'rta Osiyo  iqtisodini  sug'orma dehqonchilik tashkil  qilgan. Qishloqda deyarli hamma ekinlar ekilgan. Zarafshon, Xorazm  vohalarida bu davrda katta irrigatsiya  qurilishlari amalga oshirilgan. Kushon podsholigi davrida suv tegirmoni, charxpalak ixtiro qilingan. Cho'l zonalari va xaydab boqiladigan chorvachilik rivojlangan. Hunarmandchilik ham gullab yashnagan. Loydan, metalldan yasalgan ajoyib buyumlar, taqinchoqlar, shisha idishlar,   har -xil matolar, gilam va  boshqalar  ko'p ishlab chiqarilgan.
Kushonlar davrida temir qazib chiqarish  sohasida ancha ishlar  qilingan. O'z  hududidan  o'tgan Ipak yo'li orqali Xitoy,   Hindiston bilan savdo  qilgan.  Baqtriya savdogarlari bu davrda Rim imperiyasi chegaralarigacha yetib borib savdo qilganlar. Aleksandriya, Misr bilan keng savdo-sotiq qilingan.
Bu davrda   O'rta Osiyo xalqlarining ma'naviy madaniyati  sohasida katta ishlar  qilinadi. Turli xil yozuv sistemalari keng tarqaladi. Aromiy yozuvi, Ko'shan-Baqtriya alfavita, Xind alfaviti, grek yozuvi, xorazm,  So'g'd yozuvlari va  boshqalar. Podsholikda  aholining    ko'pchiligi ( So'g'd, Baqtriyada yashovchilar ) zardusht diniga siginganlar. Shuningdek boshqa dinlar: buddizm, xristianlik, moniylik va  boshqa dinlarga ham  sig'inishgan.
Kushan podsholigi davrida   O'rta Osiyoda  xalqaltaroshlik, Rassomchilik, zargarlik va  boshqa  sohalar yuksak darajada  bo'lgan. Bu davrdagi Kushan madaniyati   O'rta Osiyo  xalqlarining madaniyati bilan   Hindiston,  Sharqiy Turkiston,  Sharqiy Yevropa,    uzoq  Sharq mamlakatlari madaniyatini qo'shilishidan tashkil topganligini alohida ta'kidlash kerak.


Muallif Admin
Klass!