XVII – XX asrlarda markaziy Osiyo madaniyati

Reja:
1. XVI- XIX asrning birinchi yarimida Markaziy Osiyoning ijtimoiy - madaniy xolati.
2. Ma'naviy madaniyat va diniy mutaassiblik. Dunyoviy bilimlarni qadrsizlanishi.
3. Moddiy madaniyat. Xonliklardagi o’ziga xoslik.
4. Rossiya istilosi, uning ulkan ma'naviy xayotiga ta'siri. Mustabid sho’ro davlati davrida O’zbekistan madaniyati.

Markaziy Osiyoda temuriylar davrida madaniyat klassik darajasi bilan dunyoga mashxur bo'ldi. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri (XVI-XVIII asrlar) da mamlakat feodalizmning murakkab jarayonlarini boshdan kechirdi. XVI asrda xunarmandchilikning rivojlanishi tranzit va ichki savdoning kengayishiga yordam berdi. Bu davrda xunarmanchilikning 60 dan ortiq turi mavjud edi. Markaziy Osiyo, Xindiston, Eron, Balx, Rossiya, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan sovda-sotiq diplomatik aloqada bo'lgan. XV-XVI asrlarda Movarounnaxrda ilm-fan ancha rivojlandi. Adabiyot, tarix, memorchilik va tasviriy sanüat o'ziga xos rivojlanish bosqichini bosib o'tdi. Xasan Buxoriy Nisoriy (1566) ning «Muzakkir ul-axbob» va Mutribiyning (1604) «Tazkiratush-shuaro» nomli adabiyot antologiyasi buning yaqqol ifodasidir. Bu qomusiy antalogiyada yuzdan ziyod adabiyot arboblarining ijodlari va tarjimai xollari o'rin olgan. Mamlakatda xunar va savdo ishlarining rivojlanishi ilm axlining ijtimoiy doirasi kengayishiga taüsir ko'rsatdi. Mutafakkir Zayniddin Vosifiy 1512 yil Samarqandda bo'lganda bazmi mushoiralarda kosib, shoirlar, savdogarlar va oddiy kishilarning maürakalarda faol qatnashib turganligini bayon qiladi. Ularning aksariyati sheür yozib turganligi o'sha davr tabaqalarining madaniy jixatdan yuksak saviyada ekanligdan dalolat beradi. Bu davrning o'ziga xos xususiyati shundaki ko'plab adabiy va tarixiy asarlar o'zbek tilida yozildi. Muallifi nomaülum «Nuxratnoma» Muxammad Solixning «Shayboniynoma» asarlari o'zbek tilida yozilgan. Bundan tashqari mashxur tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning tarixiy asarlari xususan «Zafarnoma»si, Ulug'bekka bag'ishlangan «Muntaxabi jome va tovorixi shoxiy» degan asarlari o'zbek tiliga o'girildi. Shayboniylar davrida fanning qator tarmoqlari rivoj topdi. 1693 yilda Amin Axmad Roziy «Xaft iqlim»- yetti iqlim degan jug'rofi-biologiyaga oid lug'at tuzadi. Unga Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilinadi. 1541 yilda Muxammad Xusayn as-Samarqandiy tibbiyot va farmakologiyaga oid ilmiy asar yozadi. U ko'z tabibi shox Ali ibn Sulaymon Navro'z Axmadjon xuzurida ishlab, kasalliklar xaqida «Tabiblik dasturul-amali» risolasini bitadi. Musiqa ilmiga oid buxorolik Navkabiyning asari xam XVI asrda bu sanüat rivojidan darak beradi. Bundan tashqari xattotlik sanüatining rivojiga ulkan xissa qo'shgan Sulton Ali Mashxadiy, Mir Ali Xirviy, Maxmud Ali Shiqobiy kabi xusni xat ustalari xam ijod qilgan. 1586 yilda Darvesh Muxammad Buxoriy kalligrafiya sanüati nazariyasiga oid asar yozadi. Shuningdek ko'plab qo'lyozmalar miniatyuralar va suratlar bilan bezatildi. Tarixiy va adabiy asarlardan «Fatxnoma» Tarixi Abulxayrxoniy, Navoiyning asarlari shular jumlasidandir. «Miniatyuralarda Markaziy Osiyo moddiy madaniyati aks ettiriladi va rassomlar voqelikni realistik tasvirlashga intiladi. Jaloliddin Yusuf, Keldi Muxammad va boshqalar rassomchilik sanüatiga ulkan xissa qo'shadi.

Xonliklar davrida qurilish inshootlari turlari yanada takomillashadi, ko'plab jamoat binolari (karvonsaroylar, ko'priklar, sardobalar, xammom, tim va boshqa savdo rastalari) quriladi. Monumental binolarning tarixi, qiyofasi o'zgaradi, xunarmandlar uyushmalari vujudga keladi. Buxoro shaxri balandligi 10 metrli devor bilan o'ralib, shaxar darvozalari qurildi, yirik binolar qurishda (Misr Arab madrasasi, Xo'ja Zayniddin masjid-xonaqosi) xalq me'morchiligi an'analaridan foydalanildi. Shaxar tashqarisida xam monumental binolar (Chorbakr) qurildi. Jome' masjidlari saroy kabi serxasham qilib, madrasalar peshtoqli, minorali tarzda qurib, xovlilari to'rt tomondan ayvon va xujralar bilan o'raldi. Buxoro va Toshkentdagi Ko'kaldosh madrasalari bunga guvoxlik beradi.

Binolar bezashda mayda o'simlik-naqshli parchinlar ishlatildi. Devorlarga gul terish kabi Temuriylar davridagi usullar rivojlantirildi. Qabr toshlari yasashda yuksak badiiy darajada toshlarga yozuvlarni o'yib bitish rivojlandi. (Shayboniyxon qabr toshi va Childuxtaronda Abu Said qabriga qo'yilgan toshlar). Xullas, bu davrning ko'pgina betakror madaniyat soxalari o'z sirlarini mukammal saqlab kelmoqda.

Markaziy Osiyoda xonliklar va amirlik o'rtasidagi nizolar bo'lib tursada, ma'lum darajada dexqonchilik, xunarmandchilik, savdo-sotiq davom topdi. Fan, adabiyot, san'atning rivojlanishi ko'proq saroy doirasida bo'lib, xam diniy, xam dunyoviy asarlar yozildi. Garchi o'z davri tarixnavisligi o'sha xonlik va amirlikdagi siyosiy voqealar salnomasini ifodalaydi, o'sha davr ruxi aks etganligi bilan tarixiy axamiyatga ega. Muxammad Yoqubning «Gulshan-ul mulk», Muxammad Mir Olimning «Tarixi Amir Nasrullo», Mulla Ibodulla va Mulla Muxammad Sharifning «Tarixi amir Xaydar», Muxammad Xakimjon To'raning «Muntaxabut tavorix» kabi asarlari diqqatga sazovordir.

Qo'qon adabiy muxiti ko'plab shoir va shoiralar ijodi bilan boyidi. Qo'qon xoni Umarxonning o'zi «Amiriy» taxallusi bilan o'zbek tilida g'azallar yozgan. Uning rafiqasi Moxlaroyim «Nodira» taxallusi bilan fors-tojik tilida «Maknuna», «Komila» taxalluslari bilan she'rlar yozgan. Eri Umarxon vafot etgach, Nodira davlat ishlariga xam aralashib, mamlakat xo'jaligini yaxshilash, madaniy xayotni jonlantirish bo'yicha muxim tadbirlarni amalga oshirdi. Qo'qonda madrasalar, karvonsaroylar, rastalar, yo'llar qurdirdi. U o'z atrofiga Uvaysiy, Maxzuna kabi qobiliyatli ijod axlini to'pladi. Bu davrda Fazliy Namangoniy Mushrif, Mushfiqiy kabi shoirlar ijod qilgan. Mushfiqiy Buxoro amiri Abdullaxon saroyida «Malikush-shuaro» unvoniga ega bo'lgan bo'lsa, Fazliy Namangoniy Qo'qon shoirlariga boshchilik qilgan, Umarxonning topshirig'i bilan Fazliy va Mushrif tomonidan «Majmuat-ush-shuaro» to'plami tuziladi. Bu davrda Qo'qonda Xudoyorxonning saroy arki, Xivada turli obidalar qurildi.

Taxminan XVII asrda yashab ijod qilgan shoirlardan biri Turdi Farog'iy xaqida ma'lumot beruvchi asosiy manba shoirning o'z asaridir. U yuz urug'ining oqsoqollaridan biri sifatida Abdulazizxon saroyida e'tiborli kishilardan bo'lgan, keyin saroydan chetlashtirilgan.

XVIII asr oxirida Qo'qonda tug'ilgan shoir Maxmur og'ir sharoitda yashab, saroyda askarlik qilgan. U amaldorlar va saroy shoirlari bilan chiqisholmay, saroyni tashlab ketadi. Maxmur qiyinchilikda xapalak qishlog'ida 1844 yilda vafot etgan. Uning she'rlari ichida «Xapalak» xajviy asari mashxurdir.

XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Farg'onada Muxammad Sharif-Gulxaniy taxallusi bilan tanilib, ajoyib lirik she'rlar, masallar yozdi. Uning «Zarbulmasal» asari qaxramonlari qushlar bo'lib, shoir ular orqali saroy a'enlarining kirdikorlarini fosh etadi. Yana bir Qo'qonlik shoir ¢oziy xam o'z asarlarida zodogonlar va ruxoniylarni fosh qiladi. XIX asrning 30 yillarida Shaxrisbzda shoir Xiromiy xind, fors adabiyotida mashxur bo'lgan «Chor darvesh» va «To'tinoma» xikoyalarini o'zbek tiliga tarjima qiladi xalq dostonlari «Yusuf va Zulayxo», «Toxir va Zuxro» «Bo'z o'g'lon», «Yusuf va Axmad» va boshqa dostonlar vujudga keldi. Shaxar maydonlarida qiziqchi va qo'g'irchoqbozlar, o'yinchi san'atkorlar xalq xayotidan xikoya qiluvchi lavxalarni o'ynab, tomosha ko'rsatar, boylar va saroy axlini ochko'zligini fosh etib, ustidan kular edi.

Bu davrda Markaziy Osiyoda ikki turdagi maktab mavjud edi: quyisi- maktab va oliy- madrasa. Boshlang'ich maktabda savod o'rgatilar va diniy matnlar yodlanar edi. Madrasada xam iloxiyat o'qitilar, shuningdek arab tili sarfu naxvi (grammatikasi), notiqlik san'ati, aljabr va xandasa asoslari o'rgatilgan. Bundan tashqari Xofiz, Bedil, Navoiy asarlari o'qitilgan.

O'sha davr shoirlari, fan arboblari musiqani chuqur tushunganlar. Musiqa san'atining rivojiga ulkan xissa qo'shgan Mavlono Muxammadin Mug'anniy, Mavlono Kavkabiy, Xo'ja Muxammad, Rizo Samarqandiyning nomlari bizgacha yetib kelgan.

Bu davrdagi me'morchilik yodgorliklar xajmi va pardozining jimjimadorligi bilan ajralib turadi. Samarqanddagi Registon maydoni shu davrda shakllandi. Sherdor madrasasining old peshtoqida rangin koshinlar bilan chekilgan bir juft sher tasvirlangan. Tillakori madrasasining nomi «tilla bilan pardozlangan» degan ma'noni beradi. Devorlardagi ajoyib naqshu nigorlar va ichki devorlardagi to'kis tilla bezaklar juda nafis ishlangan.

XVIII asr oxirlaridan Xiva xonligida ta'mirlash va shaxarsozlik ishlari avj oladi. Ollaqulixon madrasasi, Raxmonquli inoq saroyi xajm jixatidan ancha maxobatli qurilgan. Qo'qon xonligi me'morchiligida rang-baranglik va yorqinlik, pardozdagi koshinlarning yorqin tovlanishi kabi xususiyatlar ayniqsa Xudoyorxon saroyida yaqqol namoyon bo'ladi.

XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida me'morchilik xajm jixatdan ixcham binolar, goxo bezak- pardozlardan butunlay xoliligi bilan ko'zga tashlanadi. Xonliklar va amirlikda me'morchilik qurilishida va bezakda o'ziga xoslik xam seziladi. Farg'ona uylari kengkovul va ayvonli, guldor tokchali, o'yma ganchli, shiftlari naqshu nigorli qilib qurilsa, Samarqand va Buxoro uylari uchun chiroyli ko'rinishdagi ustunli ayvon, girix va islimiy naqshlar tushirilgan devor va ganch o'ymakorligi xosdir. Xiva o'ylari tashqi va ichki shaklda qurilib, ayvoni ichkariga qaragan, ustunlariga o'yma naqshlar chekilgan, murakkab shakldagi gullar bilan bezalgan.

XIX asr boshlarida mexnatkash xalqning turmush madaniyati past darajada edi. Xonliklarning o'zaro urushlari xo'jalik va madaniy xayotni izdan chiqardi. Bu xol Chor Rossiyaning xonliklarni bosib olishini osonlashtirdi. Rossiyada sarmoyadorlik sanoatining o'sishi yangi bozor savdosiga va xom ashyo manbalariga bo'lgan talabni oshirdi. Rossiya Markaziy Osiyoni bosib olgach, maxalliy axoli rus va Rossiyaning boshqa xalqlari bilan aloqa o'rnatishga majbur bo'ldi. Sanoat va qishloq xo'jaligi texnikalari kirib kela boshladi. O'z o'rnida Rossiya va Yevropa madaniyati elementlari kirib keldi. Rus tuzem maktablari ochildi. Tipografiya va litografiyaning paydo bo'lishi madaniy xayotda katta voqea bo'ldi. Avval rus tilida, so'ngra maxalliy tillarda gazeta, jurnal va kitoblar chop etila boshladi.

XIX asrning 80 yillarida A.S. Pushkin va I.A. Krilov asarlari ilk bor o'zbekchaga tarjima qilindi. 1880 yilda Toshkentda jamoat kutubxonasi ochildi. 1870 yilda rasadxona va kimyogarlik tajribaxonasiga asos solindi. Ilmiy jamiyatlar tuzildi, tarixiy va arxeologiya muzeylari ochildi.

O'lka tabiiy boyliklarini o'rganish ishiga rus olimlari xam qiziqa boshladi. 1870 yilda tabiat, antropologiya va etnografiya xavaskorlari rus jamiyatning Turkiston bo'limi ochildi. N.A. Seversov, I.V. Mushketov, V.P. Fedchenko, V.F. Omanin singari olimlar bu jamiyat a'zolari edi. Rus jug'rofi F.P. Litko 1873 yilda Toshkent falakshunoslik va tabiatshunoslik rasadxonasi tashkil etilishga xissa qo'shdi. P.P. Semyonov Tyanü-Shanskiy Tongritog' tizmalari tarkibi va tuzumini xaqida ma'lumotlarni chop ettirdi. A.P. Fedchenko Farg'ona vodiysining o'simlik dunyosini tadqiq qildi. I.V. Mushketov va G.D. Romanovskiy Turkiston o'lkasining yer ustki xaritasini tuzdilar. I.V. Mushketov oltin, temir ma'dani, qoramoy, ko'mir kabi qazilma boyliklarni aniqladi. Akademik V.V. Bartolüd o'lka tarixi va el-elatini o'rganish asosida ko'plab kitoblar chop qildi.

Rus madaniyati ta'sirida xalq ma'rifatparvarlari shakllandi. Ular V.I. Gersei, N.T. Chernishevskiy, N.V. Dobrolyubovlar ta'sirida xalq ozodlik masalasini ko'tarib chiqdilar. O'rta asr qoloqligini tugatish, ta'lim-tarbiyaning ilg'or usullarini joriy qilishni o'z asarlarida kuylagan Furqat (1858-1909) misol tariqasida rus maktablarini ko'rsatdi. U A.S. Pushkinning bir qancha she'rlarini o'zbekchaga tarjima qildi. Muqimiy (1850-1909) o'zining xajviy she'rlarida xalq ommasining burjuaziya tomonidan ezilishini fosh etdi. Zavqiy (1853-1921) o'z she'rlarida ijtimoiy adolatsizlikni qoraladi.

XIX asr Turkiston adabiyoti ikki yo'nalishda rivojlandi. Shoxlik va saroy muxitini kuylovchi adabiyot, xamda zo'rovonlikka qarshi norozilikni va qoloqlikni tugatishga qaratilgan taraqqiyparvar xalq adabiyoti. Umuman, Rus va dunyo madaniyati ta'sirida mexnatkash xalq bilan bog'liq Turkistonda milliy madaniyatning rivojlanish jarayoni kuchayib bordi.

U musulmonlar va qolaversa turkiylar dunyosining jaxon taraqqiyotidan uzilib qolganligi, bu g'oyat xavfli xolga barxam berish kerakligini xamda umumturkiy qavmlardagi jaxolatni yo'q qilib, ma'rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlarga tanglashish zarurligini birinchi bo'lib turkiy qrim-tatar xalqining ulug' farzandi Ismoil ¢asparali (1851-1914) tushunib yetdi. U jadidchilik xarakatining butun turk dunyosidagi «g'oyaviy otasi»dir.

Musulmon turkiy olamini jaxon ma'rifati, ilmi darajasiga ko'tarish g'oyasini amalga oshirish maqsadida Rossiyaga mustamlaka bo'lgan barcha musulmon xududlar maorifini mutlaqo islox qilish ularda dunyoviy fanlarni o'qitish masalasini ko'tardi. Ismoil ¢asparalining g'oyalarini yoyishda «Tarjimon» gazetasining xizmati juda katta bo'ldi. 1888 yilda uning «Raxbari muallimin» yoki «muallimlarga yo'ldosh» kitobining nashrdan chiqishi muxim voqea bo'ldi. U Buxoro, Turkistonga kelib jadid maktablarini ochishga urinadi. Uning shogirdlari Buxorolik Marjoniy, Domla Fozil, Mo'minxo'ja Vobkandiy, Mulla Xudoyberdi Boysuniy Buxoroda jadid maktablarini ko'paytirishga urinadilar. 1904 yilda «Mazaffariya» jadid maktabi ochiladi.

Shunga qaramay 1898 yilda Qo'qonda Saloxiddin domla ikkinchi jadid maktabiga asos soldi. Shu yili To'qmoqda xam shu tipdagi maktab ochildi. 1899 yili Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar. 1903 yilda Turkiston o'lkasida 102 ta boshlang'ich va 2 ta o'rta jadid maktablari bor edi.

Asr boshida jadidlar ziyolilarning butun bir vatanparvar avlodini tarbiyalab berishdek og'ir ishga fidoiylik bilan kirishdilar. Ularning boshida M. Bexbudiy, A. Avloniy, S. Ayniy, A. Fitrat, Munavvar qori, Bobooxun Salimov va boshqa ko'plab taraqqiyoparvar insonlar turar edilar. Ular doimo quvg'in, qamoq, surgun kabi xavf-xatarlar boshida charx urib turgan xolda ish olib borishga majbur bo'ldilar.

Shulardan Toshkent jadidlarining otasi sifatida ziyoliylar orasida katta obro'-e'tibor qozongan Munavvar Qori Abdurashidxonovning xizmatlari juda katta bo'ldi.

XX asr boshlarida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg'ona vodiysi shaxarlarida o'nlab «usuli jadid» maktablari ochildi. Uni bitirganlar orasida Turkiston ma'naviy-ma'rifiy dunyosini milliy uyg'onishiga kuchli ijobiy ta'sir qiladigan zabardast namoyondalar ajralib chiqdi. Uning birinchi qaldirg'ochlari Maxmudxo'ja Bexbudiy, Abduqodir Shakuriy, Siddiqiy Ajziy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ashurali Zoxiriy, Lutfulla Olimiy, Muxammadsharif So'fizada, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, X.X. Niyoziy kabi o'nlab ulug' zotlar. Jadidlar maktab va ma'rifatdan boshlangan faoliyatini siyosiy qiyofa kasb etguncha qadar davom qildirib, Turkistonda milliy mustaqil davlat barpo etishga urinish bilan eng yuqori pog'onaga ko'tarildilar.

Turkistonda ma'rifatparvarlik xarakati ikki bosqichda kechdi. Birinchi davrda feodal tuzum va tartiblarini tanqid qilish, madaniy yangiliklarni egallash, Ovropaning turli tillarini o'rganishni targ'ib qilish, yangicha ilm-fanning axamiyatini ko'tarish kabi masalalar olg'a surildi. Axmad Donish, Avaz o'tar, Furqat, Muqimiy, Zavqiy singari ma'rifatparvarlar yetishib chiqdilar.

Ikkinchi bosqichda ma'rifatchilikdan jadidizm o'sib chiqdiki, u endilikda yangicha ta'lim-tarbiya, yangi usul maktablarini yo'lga qo'yish, dunyoviy ilmlarni xar tomonlama egallash maorif-madaniyatda yangi tartiblarni o'rnatish, yangi ijtimoiy-siyosiy masalalarni qo'yish darajasiga ko'tarildi. Jadidchilik xarakati turkiy millatlarning ma'naviy-madaniy ko'tarilishiga turtki bo'ldi. Turkistonda yangi usul maktablari ochilib, ma'rifatparvar, ilg'or pedagoglar bu maktablar uchun turli darsliklar, o'qish kitoblari, qo'llanmalar yarata boshladilar. Bexbudiy, Munavvar qori, Fitrat, Abdulla Avloniy, Ibrat, Xamza kabilar bu soxada jonbozlik ko'rsatdilar va bu ishda faol ishtirok etdilar. Jadidlar boshqa o'lkadagi ma'rifatparvarlik xarakatlari bilan xam aloqa o'rnata boshladilar. Bu davrda Turkistonda ma'rifatparvarlik va jadidchilikning turli, yangi ta'lim-tarbiya, o'quv-o'qituv masalalarini o'zida aks ettiruvchi juda ko'p jurnallar nashr etildi. «Taraqqiyot», «Oyna», «Tujjor», «Sadoyi Turkiston», «Samarqand» kabi jurnallar shular jumlasidandir.

Ma'rifatchilik xarakati ayniqsa o'zining rivoj topgan bosqichida Turkistonda o'zga yurtlardagi ijobiy yutuqlardan foydalangan xolda mustaqil ma'naviy taraqqiyot yo'lini qidirish va targ'ib etish masalalarini olg'a surdi. Bu xarakat rus podsho xokimiyatining mustamlakachilik siyosatiga zarar keltirishdan cho'chigan chorizm amaldorlari uni chegaralash va bug'ib qo'yish chora tadbirlarini ko'ra boshladilar.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda juda murakkab ijtimoiy-siyosiy xodisalar bilan birga uning madaniy xayotida xam tez va shiddatli o'zgarishlar ro'y berdi. Madaniyat, adabiyot, ta'lim-tarbiya, din, mafkura soxasida turli oqimlar paydo bo'ldi, ular orasidagi munosabatlar murakkab tus oldi. Yosh buxoroliklar, yosh xivaliklar xarakati vujudga keldi.

1917 yildagi butun rossiyada yuz bergan fevral va oktyabr inqiloblari uning mustamlakasi bo'lmish Turkistonda xam to'ntarishlarga olib keldi.

Sovet davrida juda xam murakkab ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga xar xil tarzda ta'sir o'tkazdi, barcha soxadagi o'rgartirishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va respublika taraqqiyotining asosiy tendensiyalari xamda yo'nalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi.

30-yillarda madaniy-oqartuv masalalari tarmog'i kengayishda davom etib bordi. Yirik sanoat korxonalarida madaniyat saroylari bunyod etildi, qishloq xo'jalik artellari qoshida kolxoz klublari ochildi, rayon madaniyat uylari barpo etildi, kutubxonalar tarmog'i kengayib, ularning kitob fondlari boyib bordi, kinoteatrlar, klub va madaniyat uylari qoshidagi kino qurilmalarining soni ko'paydi, stadion va sport maydonchalari jixozlandi. Ko'p miqdorda kitob, gazeta va jurnallar nashr etildi. Radio eshittirishlari axolining kundalik turmushida rasm bo'lib qoldi.

Biroq, 30-yillarda qaror topib borgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va shaxsga sig'inish mafkurasi respublikaning ijodiy xodimlarini, uning butun ma'naviy xayotini qattiq iskanjaga oldi. Ijodiyotni partiyaviylik tamoillariga, mafkuraviy qoida-qonunlarga bo'ysundirish, dunyoni badiiy tasvirlashni qo'pol ravishda sotsiologiyalashtirish uchun keng yo'l ochib berdi, dunyoviy imkoniyatlarni toraytirib qo'ydi. Partiyaning yangi turmushni madx etishga, xalq o'tmishiga nigilistik munosabat paydo bo'lishiga qaratilgan siyosati badiiy jarayondagi tarixiy izchillikni unutib yuborishga olib keldi. Madaniyatda murakkab ijtimoiy muammolarni bezatib, yengil tusga kiritib ko'rsatish, xato va kamchiliklar to'g'risida sukut saqlash tendensiyalari paydo bo'la boshladi. Oqibatda xayotiy xaqiqat buzilib, san'atning tarbiyaviy saloxiyati pasaytirib yuborildi.

30-yillardagi qatog'onlar milliy madaniyat uchun daxshatli fojeaga aylandi. Qonunchilikni qo'pol ravishda buzilishi va inson qadr-qimmatlari poymol etilishi tufayli milliy madaniyat o'rni to'lmaydigan darajada zavol ko'rdi. Iste'dodli adabiyot va san'at arboblari Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Shokir Sulayman, Ziyo Said, Elbek, A'zam Ayub, Usmon Nosir, Qosim Sorokin, Muxammad xasan, Abdusalom Niyoziy, Otajon Xoshimov va boshqalar milliy madaniyat quchog'idan uzib olinib xalq dushmanlari deb e'lon qilindi. Qatog'on qilingan va ta'qib ostiga olingan shoir va yozuvchilarning asarlaridan foydalanish necha-necha yillar mobaynida taqiq bo'lib turdi. Noxaq unittirib yuborilgan, ko'pincha esa jismonan xam yo'q qilingan jasur xalq farzandlarining asarlari shaxsga sig'inish tugatilganidan keyin garchi xalqqa qaytarib berilgan bo'lsa-da, o'limidan keyingi xech qanday shon-shuxrat ular boshidan kechirgan taxqir-u qiynoqlarning alamini bosa olmaydi.

Din va dindorlarni ta'qib qilish xalqning ma'naviy madaniyatiga nixoyat darajada katta zavol yetkazdi. Ma'muriy-buyruqbozlik tartiboti o'rnatilishi bilan dinga ilmiy nuqtai-nazardan yondoshish inkor etila boshlandi. Din bilan ateizmning dunyoqarash jixatidan bir-biriga qarama qarshiligi siyosiy qarama-qarshilik bilan almashtirildi. «Sotsializmda dinga o'rin yo'q, unga din begona» degan qoida ustun bo'lib qoldi. Shunday qilib unga nisbatan salbiy munosabat dinga qarshi zo'rlik ko'rsatishga aylanib ketdi. Na masjidlar, na cherkovlar, na dindorlar shu qadar miqyosdagi ta'qiblarni boshidan kechirmagan edilar. O'zbekiston ruxoniylarining asosiy qismi 30-yillarda qamoq lagerlariga jo'natildi. Masjid va madrasalarning deyarli xammasi o'tmishda garchi diniy marosimlarni o'tkazish o'choqlari bo'libgina qolmasdan, xalqning buyuk merosini saqlab, boyitib kelgan madaniyat, ilm, tarbiya, san'at markazlari xam bo'lganiga qaramay berkitib qo'yildi.

Sobiq Sovet davrida Respublika madaniy xayotida progressiv va regressiv taraqqiyotning bir-biriga qarama-qarshi tendensiyalari tobora kuchayib bordi. 70-yillar va 80-yillarning birinchi yarmida, xuddi boshqa soxalarda bo'lganidek, O'zbekistonning ma'naviy xayotida xam inqirozga xos vaziyat vujudga keldi. Shu bilan birga ushbu yillar davomida respublika madaniyati umuman muayyan muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. Madaniyat, maorif muassasalarining tarmog'i sezilarli darajada kengaydi, bularni moddiy-texnika bazasi mustaxkamlandi, axolining umumiy bilim darajasi o'sib, ijodiy ziyoliylar safi kengayib bordi. Talaygina ajoyib badiiy asarlar, teatr, musiqa asarlari yaratildi. Madaniyat va san'atning rivojiga iste'dodli yoshlarning butun bir katta guruxi qo'shildi, milliy o'z-o'zini anglashning o'sish jarayonlari belgi berib qoldi.

Ma'naviy, badiiy xodisalarni baxolashda sinfiylik, partiyaviylik singari, mafkuraning badiiyat ustidan xukmronligi singari prinsiplaridan foydalanish, adabiyotda sotsialistik realizm usulining ustuvorligi madaniyat va san'atning rivojlanishiga to'g'anoq bo'ladigan mexanizmni vujudga keltirdi. Bu prinsiplar partiyaning cheklanmagan totalitar xukmronligi taziqi ostida zo'rlik bilan amalga oshirib borildi. Ziddiyatlar, qarama-qarshiliklarning sababi xam xuddi ana shunda. Ma'naviy soxada, bir tomondan, chindan xam sezilarli o'zgarishlar ro'y berib borgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, inqirozga xos vaziyat yuzaga kelib bordi.

Tub milliy manfaatlarni unutib qo'yish, zo'r berib baynalminallashtirish madaniy qurilishda salbiy rolni o'ynadi. Partiyaning madaniyat soxasida baynalminal madaniyatni birinchi qo'yadigan siyosati milliy madaniyatni rivojlantirish rejasini, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ulardan ma'naviy rivojlanishda foydalanishni orqa o'ringa surib qo'ydi. Madaniyatni mafkuralashtirish axloq-odob, adabiyot, san'atning samarali milliy zamindan ajralib qolishiga sabab bo'ldi, tarixiy xotira, milliy an'analar va odatlarni unutib yuborishga olib bordi. Baynalminal madaniyatning ustivor tarzda rivojlanishi O'zbekiston tub xalqlari tillarining qo'llanish soxasini toraytirib qo'ydi.

Ma'naviy soxani boshqarishning ma'muriy-buyruqbozlik tizimi mustaxkamlanib borishi bilan birgalikda fikr-muloxazalar va baxolarning obro'yiga ko'r-ko'rona itoat qilish, ijodiy faoliyatga qo'pol ravishda aralashish, ijodiyotni eng oddiy erkinliklardan xam maxrum qilish rasm bo'lib bordi. Ma'naviy xayotga buyruqbozlik yo'li bilan raxbarlik qilish, mafkuraviy cheklashlar, to'g'anoq mexanizmi, madaniy siyosatdagi ziddiyatlar, ma'naviy soxa extiyojlarini inkor etish jamiyatning ma'naviy xayotida inqirozli xolatlarni yuzaga kelishini belgiladi.

Uzoq va yaqin o'tmishni xayoldan o'tkazib, moxiyatini anglashda 1991 yil 31 avgust kuni – O'zbekiston Respublikasining Mustaqil deb e'lon qilinishi tarixiy voqea bo'ldi. U milliy o'zlikni anglash, tom ma'nodagi milliy yuksalish uchun sharoit yaratdi.

Jamiyat va millat tarixi, taqdirida yangi davr – Istiqlol davri boshlandi.

«Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi, – degan edi I.A. Karimov, – Kelajagimizni o'z qo'limiz bilan yaratadigan bo'ldik. Xayotimiz va yashayotgan xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizga umumbashariyat e'tirof etgan demokratik mezonlarga monan qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bo'ldik».


Muallif Admin
Klass! Íðàâèòñÿ